

Ushbu mag'lubiyatdan keyin serbiyaliklar bosh murabbiyi Dragan Stoykovich iste'foga chiqarildi.
Serbiya termasi JCH-2026ga chiqa olmaslik xavfi ostida turibdi. Terma o'tgan 5 o'yinda 7 ochko jamg'arib, 2-o'rindagi Albaniyadan 4 ochkoga ortda qolgan holda K guruhida 3-o'rinda bormoqda.
Stoykovich 2021 yilning martida Serbiya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Shu davrdan buyon uning qo'l ostida Serbiya termasi 55 o'yinda qatnashib, 26 g'alaba, 14 durang va 15 mag'lubiyat qayd etdi.



