Xebay Qozog'iston klubiga o'tdi

Alisher Ostonov
5 fev 2026
O'tgan mavsumni “So'g'diyona”da o'tkazgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradi.

Futbolchining keyingi klubi “Tobol” bo'ladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xebay O'zbekistonda “So'g'diyona”dan tashqari “Andijon” va “Nasaf” klublarida ham harakat qilgan.

Futbolchining Transfermarkt’dagi bahosi 350 ming evroni tashkil etadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: "Тобол" матбуот хизмати