"Andijon" futbolchilari karantinni qanday o'tkazishmoqda?

Narzulla Saydullayev
31 mar 2020, 09:10
Ayni paytda koronavirusni tarqalib ketishini olish maqsadadi, yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

"Andijon" jamoasi futbolchilari karantin davrini qanday o'tkazmoqda? Bu haqda jamoamiz sardori Farhod Bekmuratov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Karatin davrida murabbiylarimizning ko'rsatmasiga asosan belgilab berilgan mashqlarni bajarib, o'z sport formamizni ushlab turishga harakat qilyapmiz. Bu sinovlar vaqtincha ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Yaqin vaqtlar ichida albatta pandemiya bartaraf etiladi va chempionatimiz tiklanib, muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Avvalo halqimizni, muxlislarimizni vahimaga tushmasliklarini so'rayman. Biz uyda o'tirib, kasallik tarqalib ketmasligini oldini olamiz, shu sababli, barchangizni uyda o'tirishingizni tavsiya qilaman".


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати