"Andijon": Bir qator futbolchilar bilan shartnoma tuzildi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2016, 16:02
Tayyorgarlikni o'z qarorgohida olib borayotgan "Andijon" jamoasi futbolchilar bilan shartnomalar imzolashni ham boshladi.

O'tgan yili jamoada to'p tepgan futbolchilardan Anvar Berdiev, Davron Tursunov, Ibroxim Otaxonov, Asror Rahmonov, Shukur Jumaboev, Javlon Guseynov, Farruh Mirzaev, Iqbol Boboxonov, Lochin Dolimov bilan shartnomalar yana bir yilga uzaytirildi.

Ular bilan shartnomalar 1+1 ko'rinishida tuzildi. Yangi o'yinchilardan esa Temur Vasilev, Rustam A'zamov, Mirzakamol Kamolov, shuningdek "UzDongJu"dan taklif etilgan Islombek Karimov, Salohiddin Salohidinov, Bekzod G'oziev kabi o'yinchilar bilan ham shartnoma tuzildi. Bundan tashqari Toshkentdagi yig'inda yana yangi o'yinchilar bilan ham shartnomalar imzolanadi.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia