Anchelotti: "Bu "Real" uchun yaxshi natija emas"

Aziz Tukhtamuradov
27 apr 2022, 09:51
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan so'ng (3:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o'yin "Real" uchun yaxshi bo'lmagan natija bilan tugadi. Biz to'rtta gol o'tkazib yubordik. Yaxshi himoyalana olmadik. 

Bu hisob qarama-qarshilik taqdirini hal qilishi mumkin. Raqib kuchli va ular buni bugun ko'rsata olishdi. Biz ularga raqobat namoyish eta olmadik. Yaxshi himoya final kaliti bo'ladi. 

To'rtta himoyachi bilan poziciyani yopib bo'lmaydi. Yarim himoyachilar yordami ham kerak. Biz yakkakurashlarda yutqazdik va e'tiborliroq harakat qilishimiz kerak edi. 

Benzemaning penaltisi haqida gapiradigan bo'lsak, bizda tepuvchini almashtirish fikri bo'lmadi. Biz Karimga ishonamiz. Barchasi joyida. 

"Manchester Siti" juda yaxshi o'ynaydi. Salbiy holat - biz to'rtta gol o'tkazib yubordik. Ijobiy holat esa - biz uchta gol urdik", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA