Ana xolos. 36 yoshli Kaka futbolga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 sen 2018, 23:15
Milan va Real klublari sobiq futbolchisi Kaka yana maydonga qaytishi mumkin.

Italiyaning Monca klubi yangi xo'jayinlari Silvio Berluskoni va Adriano Galliani braziliyalik futbolchiga qiziqib qolishdi.

Berluskoni va Galliani 36 yoshli Kaka bilan Milanda birga ishlashgan. Braziliyalik 2017 yil dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Oldinroq Kaka Milanga boshqaruv tizimida ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Monca ayni paytda Italiya S seriyasida (3-divizion) ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calciomercato.com