

Eslatib o'tamiz, "Skuadra Adzurra" kecha Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berib (1:1, pen. 1:4), ketma-ket uchinchi bor mundialsiz qoldi.
"Seriya A vakili oxirgi marta "Oltin to'p"ni olganida jamoamizda Kaka o'ynardi (2007 yil). Bir paytlar "Milan"da Franko Barezi va Paolo Maldinilar to'p tepardi - hozir esa hamma narsa o'zgarib ketdi. Bugun eshitayotgan yuzaki tahlillarimizdan ko'ra muammo ancha chuqurroq.
1990 yilda Italiya klublari bir mavsumning o'zida ham Yevropa chempionlar kubogi, ham Kubok egalari kubogi va UEFA kubogini qo'lga kiritgan edi. O'shanda italyan klublari doimiy ravishda finallarda o'ynardi. Hozir esa ham klublar, ham terma jamoa darajasida pasayish kuzatilmoqda. Statistikani sevuvchi inson sifatida shuni aytamanki, Seriya Ada to'p uzatish tezligi Yevropadagi eng past ko'rsatkichlardan biri bo'lib qolmoqda", - dedi Galliani "Sky Sport" efirida.
Italiya futbolining "oltin davri"ni ko'rgan Gallianining bu so'zlari bugungi achchiq haqiqatni aks ettirmoqda. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng Italiya futbolida katta islohotlar davri boshlanishi kutilmoqda.



