Ana holos! "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin "Dinamo"ning 6 nafar futbolchisi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 10:28
Kievning "Dinamo"si matbuot xizmati jamoa koronavirus testidan o'tganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 6 nafar futbolchida koronavirus aniqlangan. Georgiy Citaishvili, Denis Garmash, Mikkel Duelunda, Aleksandr Karavaev, Tudor Beluce, Nikolay Shaparenko kabi futbolchilar infekciya yuqtirib olgani sababli o'yinda qatnashmaydi. Shuningdek, jamoa yordamchi murabbiyi Emil Karasda ham test natijasi musbat chiqqan.

Oldinroq Denis Boyko, Georgiy Bushhan, Vitaliy Mikolenko kabi futbolchilarda ham virus aniqlangani ma'lum qilingandi.

"Barselona" hamda "Dinamo" Kiev o'rtasidagi o'yin 5 noyabr kuni 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal