Allegri "Yuventus"dan maoshi 5 mln. evro bo'lgan 4 yillik bitim talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 17:43
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "keksa sinora" rahbariyatiga yangi bitim bo'yicha o'z talablarini ilgari surdi.

49 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Allegri maoshi 5 mln. evro bo'lgan 4 yillik bitim talab qilmoqda. Shu bilan birga mutaxassis birinchi jamoaga tegishli bo'lgan barcha masalalarni o'zi hal qilmoqchi.

Allegri "Yuventus" rahbariyatidan yakuniy javobni mart oxirida olishni kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Tempo