Allegri qaytishga tayyor, u o'ziga klub izlayapti

6 iyul 2020, 20:44
Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimilyano Allegri murabbiylik faoliyatini tiklashga tayyorligini aytdi.

"Men dam oldim, quvvat to'plashga ulgurdim. Hozir oilam bilan Livornoda qolyapman. Qayerda bo'lishidan qati nazar, o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan klubni qidiryapman. Men raqobat va g'alabalarni xohlayman. Ispaniya chempionati? Hech kim rad qilmadi", - dedi italiyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Allegrining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca