Allegri "Bolonya"ga qarshi bahsda nega Ronalduni almashtirmagani haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 14:32
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning oltinchi turi uchrashuvida ishtirok etgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o'yiniga baho berdi.

"Jamoamizning ko'plab vakillari jarohatlangan va bazilarga dam berishga qaror qildim. Shu sababli ko'proq qanotga e'tibor qaratishga qaror qildim. Kelasi bahslarda yana to'rt himoyachiga ega sxemaga qaytamiz. Kerak bo'lib qolgandagina uch himoyachidan foydalanamiz.

Ronalduga to'xtaladigan bo'lsak, uni ikkinchi bo'limda almashtirmoqchi edim, ammo u o'ynashni va gol urishni istadi. Italiyada o'ynash qiyinroq, ammo hozircha Krishtianuning harakatlaridan ko'nglim to'q" - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia