

"Men Ispaniyani juda yaxshi ko'raman. U yerda uylarim, biznesim bor. Do'stlarim - ispanlar. Oilam ham deyarli ispancha bo'lib ketgan.
Ispaniya har qanday turnirda g'alaba qozonishga da'vogarlik qiladi.
Hozirgi vaziyatda Ispaniya nazariy jihatdan o'yin favoriti hisoblanadi, chunki ular oldin ham g'alaba qozonishgan va Portugaliyaga qaraganda ko'proq sovrinlarga ega. Biroq charchoq, jarohatlar, issiq havo kabi omillar ham bor.
Menga Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'ynash yoqadi. Ularga qarshi bir necha bor maydonga tushganman va bu o'yinlar juda teng kurashlar ostida o'tgan. Bu safar ham shunday bo'ladi.
Mayda detallargacha e'tiborli bo'lgan jamoa g'alaba qozonadi. Umid qilamanki, bu Portugaliya bo'ladi. Ichki tuyg'um shuni aytmoqda. Lekin kuzatamiz, voqealar rivoji qanday bo'lishini ko'ramiz", - dedi Krishtianu Ronaldu.



