“Ajdarlar” bugun Toshkentga borishadi, ertaga "So'g'diyona" bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 18:14
"Nasaf" Qarshidagi yangi mavsum tayyorgarligining ikkinchi bosqichini yakunladi. Bugun futbolchilar Toshkentga jo'nab ketishadi.

Jamoa 8 yanvar kuni Toshkentda nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Nazorat uchrashuvida sparring raqib sifatida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi tanlab olingan.

“Nasaf”  9 yanvar, seshanba kuni o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirish uchun Toshkentdan Turkiyaga jo'nab ketadi. Xorij yig'ini Turkiyaning Belek shahrida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz