AGMKning raqibi “Istiqlol” Toshkentga yetib keldi (FOTO)

10 fev 2019, 09:39
Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichida AGMK jamoasiga raqiblik qiladigan Tojikistonning “Istiqlol” klubi bugun erta tongda poytaxtimizga yetib keldi.

“Jamoamiz Toshkentga eson-omon yetib keldi. Ertaga Olmaliqda o'yinoldi mashug'lotlarni o'tkazamiz”, deb yozdi klubning Telegramdagi rasmiy kanali.

Eslatib o'tamiz, AGMK-“Istiqlol” uchrashuvi 12 fevral, seshanba kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 16:00 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia