1995 yil Chempionlar ligasini yutgan "Ayaks" tarkibi qanday edi?

Narzulla Saydullayev
21 mar 2019, 16:23
Bundan 24 yil avval Gollandiyaning "Ayaks" klubi Yevropada tengsiz bo'lgandi.

Lui van Gal boshchiligidagi amstyerdamliklar Yevropa chempionlar ligasi finalida "Milan"ni 1:0 hisobida taslim qilishgan. Yagona golni Patrik Klyuyvert urgandi.

Bundan tashqari "Ayaks" Gollandiya chempioni bo'lgan va Yoxan Kruiff kubogi sohibiga aylangan edi. E'tiborlisi jamoa chempionatdagi 34ta o'yinda umuman mag'lub bo'lmagan (27 g'alaba va 7 durang) va 106ta gol urishga erishgan.


Darvozabonlar
Edvin van der Sar
Fred Grim

Himoyachilar
Denni Blind (sardor)
Uinston Bogard
Frank de Bur
Michel Krik
Mixael Rayciger
Sunni Siloy
Mendel Uitzenxousen

Yarim himoyachilar
Ronald de Bur
Edgar Davids
Kiki Musampa
Tariq Oulida
Mark Overmars
Martin Reuser
Frank Raykaard
Klarens Zeedorf
Yon van den Brom
Nurdin Vuter
Jorj Finidi

Hujumchilar
Yari Litmanen
Nvankvo Kanu
Patrik Klyuyvert
Peter van Vossen



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia