

- Yevropa chempionatidek yirik turnirda terma jamoa sardori bo'lish bu katta mas'uliyat. Fransiyada uzoq vaqt yuqori darajada faoliyat yuritdim va endi bu yerda o'z terma jamoam sharafini faxr bilan himoya qilaman. Shvetsiya terma jamoasiga Yevropa chempionatida imkon qadar uzoqroq borishiga qo'limdan kelgan yordamni ayamayman. Shvetsiya tarkibida o'ynash bu katta faxr va bu vaqtda men o'z yaqinlarimni o'ylayman. Har doim o'z ishimni yuqori darajada amalga oshirishga intilaman. Umid qilamanki, yosh o'sib kelayotgan avlod mendan ham yuqoriroq natijalarga erishadi. Maydonda men borimni berib harakat qilaman, butun energiyamni sarflab, jamoadoshlarimga nima istayotganimni etkazib berishga urinaman.



