Zlatan 9-raqamda, Mxitaryan esa 22-raqamda o'ynaydi
21 iyul 2016, 23:30
"Manchester Yunayted" klubi rasmiy tvitteri jamoa futbolchilari yangi mavsumda qaysi raqamlarda harakat qilishini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, "Manchester Yunayted"ga yangi kelib qo'shilgan futbolchilardan Zlatan Ibragimovich 9-raqamni tanlagan, Genrix Mxitaryan 22-raqamda to'p suradi hamda Erik Bayi esa 3-raqamli futbolkada o'ynaydi.