Ziesh A Seriyaga yo'l olishni istaydi

Оқил Абдубарноев
27 iyul 2022, 21:36
Hakim Ziesh yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Marokashlik futbolchi "Chelsi"da o'zini ko'rsatishi uchun ko'p imkoniyatlarga ega emas, chunki Tomas Tuxel unga jiddiy ishonch bildirmaydi. Ziesh muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoada bo'lishni xohlaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi "Milan"ga o'tmoqchi. Shu bilan birga, ushbu transferni amalga oshirish uchun vinger maoshini qisqartirishga rozi bo'lishi talab etiladi.

29 yoshli yarim himoyachi ikki mavsumni "Chelsi"da o'tkazdi. Bu vaqt ichida u 83 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail