Rasman: Hakim Ziesh faoliyatini vatanida davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025
"Chelsi" sobiq vingeri Hakim Ziesh bundan buyon Marokash klubida o'ynaydi.

U Kasablankaning "Vidad" jamoasi a'zosiga aylandi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

Ziesh 30 yanvardan 1 iyulgacha Qatarning "Al Duhayl" jamoasida harakat qildi. Marokashlik futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wydad.net