Zidanning yana bir unvoni

8 iyul 2013, 15:26
Zidan endi Fransiya futbol federatsiyasining rasmiy diplomiga ega bo'ldi va endi yangi mavsumdan boshlab “Real” jamoasida bemalol murabbiylik qila oladi.

Hozirda Madridning “Real” jamoasida murabbiy bor. Mourinio ketgach, jamoa bosh murabbiyligini Karlo Anchelotti egalladi, ammo uning yonida, har jabhada to'liq qo'llab quvvatlay oladigan Zidan bor. MARCA xabariga ko'ra, o'tgan juma, Zidan Parijda bo'lib, u yerda murabbiylik diplomini olish uchun imtixonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.

Joze Mourinio faoliyatining ikkinchi mavsumida Zidan bosh murabbiy va asosiy tarkibni muvofiqlashtiruvchi lavozimida ishlagan. Ammo Maurinio bilan kelishmay qolishi natijasida bu lavozimda uzoq qolmagandi.

Ammo endi u o'zining sobiq jamoadoshi va do'sti – Karlo Anchelotti bilan birga yangitdan ish boshlashi mumkin. Zidan ko'pdan buyon intilib kelayotgan maqsadiga erishdi. Bu diplom bilan u xohlagan paytda murabbiy vazifasida ishlash imkoniyatini beradi.


Manba: marca.com