

"Qirollik klubi"dan Zinedin Zidan ish boshlaganidan beri Kasemiro maydonga tushgan uchrashuvning barchasi g'alaba bilan yakunlangan. "Real" fransiyalik mutaxassis qo'l ostida 15 ta bahsning 12 tasida g'olib bo'lgan, 2 ta uchrashuvda durang qayd etib, 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Kasemiro "Real" g'olib bo'la olmagan uchchala o'yinda ham ishtirok etmagan.



