

"2016 yil finalidagi sovrin faoliyatimda eng muhimi bo'lgan. Jamoam g'alabasiga katta xissa qo'shganimni his qilganman. "Real" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqish - bu baxt. Ammo har bir bahs avvalgisidan farq qiladi. Raqib qanchalik kuchli ekanligini bilamiz, ular yarim finalga haqli. Qiyin bo'ladi, chunki "Atletiko"ning tarkibi haqiqatdan ham kuchli. Jamoaning murabbiyi ham ajoyib, u futbolni yaxshi tushunadi" - deydi Kasemiro.



