Zidan "Real" yana bir o'yinchi sotib olishini xohlamoqda

28 iyun 2019, 08:35
Zinedin Zidan jamoaning yarim himoyasini kuchaytirish istagida.

Buning uchun Zinedin Zidan Pol Pogbani Madridga olib kelishlarini xohlayotgani ham ayni haqiqat. Biroq bu transfer amalga oshmasa, Zidan Polning o'rnida quyidagi futbolchilardan birini ko'rishga qarshi emas: Kristian Eriksen ("Tottenxem"), Donni van de Bek ("Ayaks") va Tangi Ndombele ("Lion").

Eslatib o'tamiz, "Real" ortda qolgan mavsum La Ligani uchinchi o'rinda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo