Zidan nima sababdan ancha vaqtdan beri ishsiz yurganini aytdi

Mirjalol Normatov
1 noya 2023, 00:21
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan nima sababdan ishsiz yurgani haqida gapirdi.

2021 yilning yozida "Real"dan ketganidan keyin ko'plab mish-mishlarga qaramasdan hali hamon ishga qaytganicha yo'q.

"Futbolchilik paytimda istalgan klubimni tanlagan bo'lardim. Murabbiy sifatida esa barcha variantning 50 foizini ham o'rganib chiqib bo'lmas ekan. Odatda doimo oldingizda 2 yoki 3 variant bo'ladi.

Yana g'alabalar qozonish uchun klublar futboliga qaytaman. Yana bir muammo - tilda. Ayrim shart-sharoitlar vazifalarni qiyinlashtiradi. Istalgan joyga bormoqchi bo'lgan murabbiylar ilk navbatda tilni bilishi kerak, ammo mening yo'rig'im boshqa", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe