

“Albatta, men uni jamoada qolishini istayman. U “Real”da qancha xohlasa, shuncha vaqt qolishi mumkin. Pepe klubda muhim rol o'ynaydi. U ancha vaqt jarohatidan qutulish bilan band bo'ldi va safga qaytdi. Men uning mehnatidan mamnunman. U o'z kelajagini o'zi hal qiladi. Pepe klubga ko'p narsa bergan. Shu sabab uning qarorini hurmat qilaman”, deydi Zidan.



