"Inter" va "Al Hilol" muzokaralarga kirishdi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2026
"Inter" va "Al Hilol" Joau Kanseluning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, arab klubini qiziqtirish uchun "Inter" 37 yoshli himoyachisi Franchesko Acherbini taklif qilishi mumkin. O'z navbatida Simone Inzagi sobiq shogirdini "Al Hilol"da ko'rishni istamoqda.

Yakuniy qaror Kanseluning o'ziga bog'liq. Hozirda futbolchiga "Barselona" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Kanselu ushbu mavsumda mamlakat chempionatida faqatgina ikki o'yinda ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal