Joze Mourinyo: Manchini menga mini-futbol jamoasini qoldirgan

Narzulla Saydullayev
26 fev 2014, 13:54
Chelsi ustozi Joze Mourinyo Galatasaroy ustozi Roberto Manchinining gapiga javob berdi.
Kuni kecha italiyalik murabbiy 2010 yil YCHLni yutgan Interni aynan u qurib ketganini, Mourinyo esa shunchaki tayyor jamoani g'olib qilganini ma'lum qilgandi.

Buni eshitish juda qiziqarli. Sababi o'sha yilgi YCHL finalida jamoa safida Lusio, Tiago Motta, Diego Milito, Goran Pandev va Uesli Sneyder maydonga tushgandi.

11 nafar futbolchining 6tasi bilan Manchini ishlamagan. Demak, u menga mini-futbol jamoasini qoldirib ketgan ekan, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru