Jibril Sisse: "Men bilan AQSHning ko'plab jamoalari bog'landi"

Aslanov Jasurbek
22 may 2015, 11:41
"Bastiya" hujumchisi Jibril Sisse kuchini AQSHda sinab ko'rmoqchi. Yozda 33 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi.
"Hozircha menda futbol o'ynab, undan rohatlanish, katta va yosh jamoadoshlarimga yordam berish imknoiyat bor. Hozir ham menga qiziqishmoqda. Men bilan AQSH va Hindistonning ko'plab jamoalari bog'landi. Polsha va yana boshqa ligalardan ham takliflar bor, ammo menga AQSH varianti yoqdi. Kuchimni MLSda sinab ko'rmoqchiman" - deydi Sisse.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com