"Zenit" futbolchisiga "Milan", "Tottenxem" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
16 dek 2020, 00:34
"Zenit" yarim himoyachisi Vimar Barros jamoani tark etishi mumkin.

"Primer Tiempo" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Milan", "Tottenxem", "Nyukasl" va "Beshiktosh" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Futbolchining "Zenit" bilan kelishuvi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Ushbu mavsumda kolumbiyalik futbolchi RPLning 15 o'yinida 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Primer Tiempo