Zanologa London klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022, 19:14
"Roma" vingeri Nikolo Zanolo Antonio Konte qo'l ostidagi "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

"Shporlar" ushbu yozda italiyalik futbolchini sotib olishga jiddiy kirishmoqchi. Futbolchiga "Yuventus" ham e'tibor qaratmoqda, ammo "Tottenxem" 22 yoshli o'yinchiga turinliklarga qaraganda qulayroq shartnoma shartlarini taklif qilishga tayyor.

Nikolo Zanoloning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Rimliklar yetakchilaridan biri uchun kamida 40 million evro talab qilishlari kutilmoqda. Transfermarkt portali italiyalik futbolchining narxini 33 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Calciomercato