"Aston Villa": "Zanolo "Vest Xem" bilan o'yinga tayyorlanmoqda"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2023, 13:48
"Aston Villa" Nikolo Zanolo bilan yuz bergan mojaro yuzasidan o'z rasmiy poziciyasini bildirdi.

"Aston Villa" Nikolo Zanolo Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) va tegishli organlarga noqonuniy bukmekerlik faoliyati yuzasidan tergov olib borishda yordam berayotganini tasdiqlashi mumkin. Futbolchi klubning yuqori lavozimli mutasaddilari bilan ham uchrashdi.

Zanolo odatdagidek asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda va "Vest Xem"ga qarshi bahsga tayyor. Tekshiurv jarayoni davom etar ekan, klub boshqa hech qanday izoh bermaydi", – deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, Nikolo Zanolo Italiyada, jumladan, APLda o'ynaydigan termadoshlari bilan yuzaga kelgan pul tikish mojarosining eng mashhur ishtirokchilaridan biriga aylandi. "Yuventus" futbolchisi Nikolo Fajoli allaqachon noqonuniy pul tikish uchun diskvalifikaciyaga ham uchradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk