

CONI kafolat kengashi Turin klubining ochkolarni olib qo'yish haqidagi apellyaciyasini qanoatlantirdi. Yanvar oyida "Yuventus"dan soxta kapital o'sish ishi bo'yicha 15 ochko olib tashlangandi.
Endi yangi sud jarayoni o'tkaziladi. FIGC Federal apellyaciya sudi ishni qayta ko'rib chiqishi kerak.
15 ochko qaytarib berilgandan so'ng, "Yuve" 59 ochko bilan A Seriya jadvalida 3-o'ringa joylashdi. Turinliklar peshqadam "Napoli"dan 16 ochko ortda qolmoqda.



