"Yuventus" Zakariyani sotib olishga rozi bo'ldi, Bentankur esa Londonga yo'l oladi

Оқил Абдубарноев
30 yanv 2022, 22:13
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi 25 yoshli yarim himoyachini besh million evro va turli bonuslar evaziga sotib olishga rozi bo'ldi.

Shveytsariyalik futbolchi "byankonerlar" bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Yaqin orada u Turinga uchib keladi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur esa "Tottenxem"ga yo'l oladi. Avvalroq "shporlar" urugvaylik futbolchi uchun 19 million evro to'lashi, yana besh million evroni turli bonuslar ko'rinishida taqdim etilishi xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano