

Massimiliano Alegri shogirdlari A Seriyaning 10-turida "Torino" maydonida g'alabaga erishdi. So'nggi bora "byankoneri" 25 aprel kuni "Sassuolo" maydonida safar g'alabasini qayd etgandi. Shundan keyin jamoa 6 mag'lubiyat va 2 durang qayd etdi.
"Yuve"ning navbatdagi safar o'yini 25 oktyabr kuni "Benfika" maydonida bo'lib o'tadi.



