"Yuventus" so'nggi 8 yil ichida 7-marta Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2022, 09:06
"Yuventus" Italiya kubogining chorak finalida "Sassuolo"ni mag'lub etdi (2:1).

Turinliklar so'nggi 8 yil ichida 7-marotaba Italiya kubogi yarim finaliga yo'l olishdi. Bu davr mobaynida klub 5 marotaba Kubokni qo'lga kiritgan. 

Endi Massimiliano Allegri shogirdlari finalga chiqish uchun "Fiorentina"ga qarshi bahs olib boradilar. 

O'yinlar mart va aprel oylarida o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta