"Yuventus" so'nggi 7 o'yindan 6 tasida g'alaba qozondi. Oldinda - Rim safari

Omonjon To`xtamirzayev
1 mar 2023, 11:14
"Yuventus" mag'lubiyatsiz seriyasini 7 o'yinga etkazdi.

Massimiliano Allegri jamoasi A Seriya 24-turida "Torino"ni taslim etdi (4:2).

Oxirgi marta "byankoneri" 29 yanvar kuni "Monca"ga imkoniyatni boy berishgandi (0:2). O'shandan beri jamoa 6 marta g'alaba qozondi, ulardan 5 tasida darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi va 1 marta durang o'ynadi.

Oldinda "Yuventus"ni safarda "Roma" bilan o'yin (5 mart), keyin esa Yevropa Ligasida "Frayburg" bilan (9 mart) bellashuv kutib turibdi.

Nima deb o'ylaysiz, bu ikki o'yindan ham "Yuventus" g'olib sifatida o'ta oladimi yoki seriya buziladimi?

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia