"Yuventus" ijrochi direktori: "Qishda katta xaridlar amalga oshirmaymiz"

Aslanov Jasurbek
2 okt 2017, 17:43
"Yuventus" ijrochi direktori Juzeppe Marottaning so'zlariga ko'ra, jamoa qishki transfer oynasida faol bo'lmaydi.

"Qishda katta xaridlar amalga oshirmaymiz deb o'ylayman. Jamoamiz raqobatbardosh va bizda markaziy yarim himoyachilar etarli. Biz jamoaga ishonamiz. Jan transferiga to'xtaladigan bo'lsak, "Liverpul" uni yanvarda sotishga rozi bo'ladi deb o'ylamayman. Yozda taklif yuborgan edik, ammo rad javobini oldik, shu sababli ular mavsum o'rtasida qarorini o'zgartirishmaydi" - deydi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport