

Kecha Yevropa Ittifoqi Superliga borasida FIFA va UEFAning poziciyasini "o'z mavqeini ustun qo'yib, suiistemol qilish" deb baholadi.
Ayni damga qadar Yevropaning ko'plab klublari Superligada ishtirok etmasligini ma'lum qilib bo'ldi. Biroq "Yuventus" qanday poziciyada bo'lishini e'lon qilishga shoshilmayapti.
Aytilishicha, "Yuventus" holatni yaxshilab taxlil qilishni istamoqda.
2021 yilda ham "Yuventus" Superliganing 12 asoschi jamoalari qatorida edi, biroq keyinchalik loyihani tark etgandi.



