"Yuventus" futbolchisi "Lokomotiv" yarim himoyachisini sayyoramizdagi eng kuchli futbolchi deb atadi

Alisher
25 okt 2019, 12:34
"Yuventus" darvozaboni Voycex Shesni CHLdagi vaziyat haqida gapirdi.

- "Lokomotiv" tarkibidan kimnidir ajratib ko'rsatish mumkinmi?

- Ha, albatta. Gjegoj Krixovyak - sayyoramizdagi eng kuchli o'yinchi (kuladi). U mening eng yaqin do'stim. Biz futbol o'ynashni bundan 15 yil avval Polshada boshlaganmiz. Bizning kareramiz chiroyli hikoyadir. Gjegoj hurmatga loyiq o'yinchi. O'ylaymanki, "Lokomotiv"da keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" CHL 3-tur doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Gjegoj faoliyati davomida "Lokomotiv"dan tashqari "Bordo", "Reyms", "Nant", "Reyms", "Sevilya", PSJ va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Известия