"Yuventus" yetakchisi "Atalanta"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 14:57
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich jarohati sababli Bosniya va Gertsegovina termasi ixtiyoridan qaytib ketdi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi Evro-2020 saralashi doirasida Italiya termasiga qarshi bahsda jarohatlangan. Futbolchi ayni damda "Yuventus" qarorgohiga yetib kelgan. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Nima bo'lgan taqdirda ham Pyanich 23 noyabr kuni "Atalanta"ga qarshi bahsda qatnashmaydi.

Pyanich ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato