"Yuve" – bu men uchun "Real"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2024, 15:52
"Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Kambyazo "Real" tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga munosabat bildirdi.

Oldinroq Madrid klubi "Yuventus"ning 24 yoshli himoyachisini keyingi yil yozida o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi.

"Menga "Real"dek klub qiziqayotganing o'zi katta gap. Bu yoqimli va sharafli.

Ammo men hech qanday taklif olmadim. Har qanday holatda ham, "Yuve" – bu men uchun "Real".

U Italiya futboli bayroqdori, ikkinchi oila va faoliyatimning burilish nuqtasi", – dedi Andrea Kambyazo Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport