Yurgen Klopp: Bavariyaga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik

Aziz Tukhtamuradov
13 apr 2014, 09:51
Borussiya bosh murabbiyi Yurgen Klopp Bavariya bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (3:0) jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
– Ikki o'yinda Bavariya va Realni umumiy hisobda 5:0 hisobida mag'lub etdinglar.

– Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bu ajoyib hafta bo'ldi. Biz ikkita fantastik g'alabani qo'lga kiritdik. Bu uch ochko bizga yordam beradi. Bavariyaga qarshi o'yinda olingan ochko – xar bir jamoa uchun qo'shimcha bonusdir.


– Sizlar 28 kun ichida 9 ta o'yin o'tkazdinglar. Kubok yarim finalida Volfsburgga qarshi bo'ladigan o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisizlar? 

– Xech qandy qo'shimcha mashg'ulotlar bo'lmaydi. Biz anchadan beri engillashtirilgan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz.


– Bavariyaga qarshi o'yinda Levandovskining boshlang'ich tarkibda yo'qligi ko'pchilikni hayron qoldirdi.

– Bavariyaga qarshi xar bir o'yin biz uchun yil o'yini darajasida bo'lib kelgan. Shu sababli barcha futbolchilar bor kuchlari bilan xarakat qilishlarini bilardim. Levandovski so'nggi paytlarda ko'p o'yinda maydonga tushdi. Unga dam berishga qaror qilgandim, – deb aytib o'tdi Klopp.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru