Yurgen Klopp APLdagi hakamlik haqida: "MYU ikki yilda "Liverpul"ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko'p tepibdi deb eshitdim"

Alisher
5 yanv 2021, 12:16
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasidagi "Sautgempton" (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng penaltilar haqida gapirdi.

"Biz hech narsani o'zgartira olmaymiz. "Manchester Yunayted" ikki yilda "Liverpul"ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko'p tepibdi deb eshitdim.

Bu mening aybimmi yoki qanday qilib bunday bo'lishi mumkinligini tasavvurimga sig'dira olmayman. Ammo bu bizning o'yimizni oqlamaydi.

Biz buni o'zgartira olmaymiz va [hakamlarning] qarorlarni hurmat qilishimiz kerak. Ammo biz o'z o'yinimizni o'zgartira olamiz. Biz bunga e'tibor qaratamiz", - deydi Klopp.

Oldinroq, Klopp ushbu o'yinning ikkita epizodida penalti belgilanmaganidan norozi ekanlini, agar boshqa jamoa bo'lsa, penalti belgilangan bo'lishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com