Yozda "Real" uch nafar futbolchini qaytaradi - Cadena Ser

31 mar 2026, 08:00
Yozda "Real"ga uch nafar futbolchi qaytadi, deb xabar beradi Cadena Ser.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, madrid klubiga hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hamda hujumchilar Viktor Munos va Endrik qaytadi. Ushbu futbolchilar "qaymoqrang"larning mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etadi.

19 yoshli Endrik qishda "Lion"ga ijaraga ketgan edi. 21 yoshli Pas va 22 yoshli Munos hozirda "Komo" va "Osasuna" klublarida o'ynamoqda, lekin "Real"da ushbu o'yinchilarni qaytarib olish imkoniyati bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena Ser