Yoshlar termasidagi “Bunyodkor” futbolchilari munosib kutib olindi. VIDEO

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2015, 11:13
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.
Toshkent xalqaro aeroportida Yangi Zelandiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida ishtirok etgan o'zbekistonlik futbolchilarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

“Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati, murabbiylari va mas'ul shaxslari terma jamoa safida kichik mundialda ishtirok etgan futbolchilarini munosib kutib oldilar. Futbolchilarimiz Toshkent xalqaro aeoroportidan to'ppa-to'g'ri “Bunyodkor” FK qarorgohi tomon oshiqishib, boshqa jamoadoshlari bilan ham uchrashdilar.

- Yurtimiz shanini jahon chempionatida munosib himoya qilganingiz bilan tabriklayman. Bu bilan o'zbek futbolida munosib yosh avlod yetishib chiqayotganini namoyish qilib berdinglar. Endi Sizlarni yuqori darajadagi katta futbol kutmoqda. O'sishdan to'xtamay kattalar orasida ham o'z o'rningizga ega bo'lishingizni tilayman, - deydi “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboev.

Quyidagi havolalarda yoshlar terma jamoasidagi “Bunyodkor”chilarni kutib olish marosimi videolavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

TAS-IX


TAS-IX emas




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com