Yoshko Gvardiol – "Manchester Siti" futbolchisi! (Fabricio Romano)

Administrator
19 iyul 2023, 23:25
Boshqacha aytadigan bo'lsak, "Here we go!"

"Manchester Siti" klubi "Leyptsig" bilan Yoshko Gvardiol transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi tez orada "Manchester Siti" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Bu haqida taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Gvardiol allaqachon tibbiy ko'rikning birinchi bosqichini o'tab bo'ldi. Shartnoma ham tez orada imzolanadi.

Ma'lumot uchun, futbolchi bir oy oldin "Man Siti" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano