Yaya Ture endi Buyuk Britaniya fuqarosi

Mirjalol Normatov
30 avg 2018, 00:50
Ivuarlik Yaya Ture Buyuk Britaniya fuqaroligi qo'lga kiritdi.

Bu haqda uning agenti Dmitriy Selyuk ma'lumot berdi.

"Yaya Tureni tabriklayman! Endi u Buyuk Britaniya fuqarosi. Bugun u hujjatni qabul qilib oldi", - deb yozadi Selyuk.

Ayni damda Yaya erkin agent maqomiga ega. U yaqin kunlarda yangi jamoasida tanishtirilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com