

"Manchester Yunayted" "Tottenxem"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, va Joze Mourinyoga bo'lgan bosim yanada oshib ketdi. Britaniya matbuoti esa bu borada ko'plab fikrlar bermoqda.
The Guardian: Mourinyoning yashirin namoyishi
"The Guardian" nashri Joze Mourinyo yarim himoyachi Ander Errerani markaziy himoyachi poziciyasiga qo'yib, rahbariyatdan noroziligini yashirincha ko'rsatgan deb hisoblaydi.
"Ander Errerani uchinchi markaziy himoyachi qilib tanlanishiga nima sabab bo'ldi? Nima uchun Matich yoki Bayi emas? Nima uchun Lindelof yoki Darmian emas? Nima uchun o'tkazgan 384 uchrashuvida markaziy himoyada o'ynamagan futbolchi bu poziciyada? Bungacha Mourinyo Erreradan raqib jamoasining yetakchisini, misol uchun Azarni yopishda foydalanardi. Biroq bu safar vaziyat boshqacha edi.
Mourinyo o'z intervyularining birida, transferlar oynasi yopiqligini aytgandi. Bu esa portugaliyalik murabbiy navbatdagi mojaroni boshlayotgandek ko'ringandi. 2007 yilda Angliya liga kubogining yarim finalida "Uikom"ga qarshi o'yinda Joze o'zining yashirin qarshiligini markaziy himoyaga Maykl Essen va Paulu Ferreyrani qo'ygan holda ko'rsatgandi. O'shanda "Chelsi" Tal Ben-Xakim bilan shartnoma imzolay olmagandi. Londonliklar 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Bu Mourinyoning "Chelsi"dagi so'nggi kunlarining ilk onlari edi. To'g'risini aytganda, Joze "Manchester Yunayted"da ham shunday ish qilishini kutmagandik"

The Times: "Manchester Yunayted" Mourinyo bilan ishonchni yo'qotmoqda
"Tottenxem"ga qarshi o'yin tugashiga 10 daqiqacha vaqt qolganida "Old Trafford" bo'shashni boshladi. Muxlislar jamoadan umidini uzgan, Jozening jamoasi esa ser Aleks davridagi kambeklar bo'lishiga ishonishmadi.
Mourinyo iste'foga chiqariladimi bu haqda taxmin bildirish juda qiyin. Stadionda qolgan muxlislar esa jamoaga sodiqligini ko'rsatdilar. Minglab tomoshabinlar xayrlashayotgandek portugaliyalikni olqishlashdi va klub sharflarini ko'tarib turishdi. O'sha vaqtda reklama shitida yozuvlar bilan soatlar reklamasi paydo bo'ldi: "Bosimdan yorilib ketmang". Mourinyo yorilmadi, biroq uning kayfiyati yanada tushib ketdi. Matbuot anjumanida u APLning qolgan 19 murabbiyidan ko'proq chempionlikni qo'lga kiritgani uchun OAV vakillaridan hurmat talab qildi. Uning kayfiyati bu "Manchester Yunayted"ning muammosi bo'lib turibdi".
"The Times" nashri shu tarzda Mourinyoni taxlil qildi. Bu maqolada u 0:3 hisobidagi mag'lubiyatga Ed Vudvordning ham aybi borligini ko'rsatib o'tdi. Shuningdek, "Manchester Yunayted"ga Tobi Alderveyrld kerakligini ham ta'kidladi.

The Telegraph: Absurdlar teatri va Mourinyo karnavali
"The Telegraph" nashri muxlislarning birlashishini va Joze Mourinyo o'z tarkibini o'ylashi kerakligini yozmoqda.
Markaziy himoyachilar transfer qilmagani uchun Mourinyo uzoq muddat jamoa muxlislarini ekspertlar va katta ehtimol bilan rahbariyatga qarshi birlashishga chaqirdi. Beo'xshov himoyachilar, melodramatik murabbiy va birlasha olmayotgan jamoa - "qizil iblislar"ning menyusida bo'lib turibdi. Mourinyo o'z poziciyasini himoya qilish uchun muloqot yo'lini tanladi. Shu boisdan "orzular teatri" absurdlar, afsuslar teatriga aylandi. Jozening "Manchester Yunayted"i Angliya futbolining bayroqdor jamoasi emas. U o'z hayotidan kelib chiqqan holda klubni boshqarmoqda.
"Manchester Yunayted" mag'lub etilganidan keyin "Tottenxem" muxlislari "Mourinyo karnavali" bilan g'alabani nishonlashdi. Shundan keyin ham Pochettino o'z saviyasini Mourinyodan past deb hisobladi. Biroq u tarkibini kuchaytirmadi. Bu vaqtda Mourinyo har vaqtda yozgi transferlar oynasida himoyachilar transfer qilinmaganligini ro'kach qilmoqda"

Independent: Fergyusondan o'rganishi kerak
Joze Mourinyo bir necha jamoalardan ketganida, o'sha klublarni inqirozga uchratgani bu shavqatsiz haqiqatdir. Portugaliyalik murabbiy bunday holatlardan chiqib ketish yo'lini bilmaydi. U hech qachon negativlikdan qutulish chidamlilikni namoyish qila olmagan.
1996 yilning kuz oylarini eslaymiz. "Manchester Yunayted" avvaliga "Nyukasl"ga 0:5, keyinchalik "Sautgempton"ga 3:6 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shundan so'ng o'z maydonida "Chelsi"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Aleks Fergyusonning MYU bosh murabbiyligiga kelgan 10 yilligini nishonlash uchun yaxshi vaqtlar emasdi o'shanda. Biroq ser Aleks bunday holatlarda o'z sabrinining qandayligini va ajoyb ruhshunos ekanligini ko'rsata oldi. U johillik bilan klubni inqirozdan olib chiqmadi. Mourinyo shunday jihatlarni buyuk murabbiydan o'rganishi kerak"
"Independent" nashri Joze Mourinyo bunga qadar inqirozli vaziyatlardan chiqa olmaganligini yozdi. Portugaliyalik murabbiy jamoani yuqori marralarga olib chiqishini va buning uchun ser Aleksning uslubini qo'llashni tavsiya qildi.

Xorij saytlari asosida Mirjalol Normatov tarjima qildi



