​Yaponiyalik futbolchi ELda "xet-trik" qayd etdi

9 noya 2018, 02:26
"Zalcburg" hujumchisi ajoyib statistikaga ega.

Xabaringiz bor, bugun EL 4-tur bahslari bo'lib o'tmoqda. Ushbu uchrashuvlarda kutilmagan natijalar, voqea-hodisalar bo'layotganligi Yevropa Ligasining ahamiyatini oshirib yuborayotgani bor gap.

Yana bir qiziqarli ko'rsatkich bu yaponiyalik Takumi Minaminoga tegishli. Birinchi bo'limning o'zida Avstriyaning"Zalcburg" klubi "Rusenborg" darvozasini 4 marta ishg'ol qildi. Ushbu gollarning uchtasi 23 yoshli Takumi Minaminoga tegishli bo'lib turibdi. 5, 37 va 45-daqiqalarda to'p kiritib "xet-trik" muallifiga aylangan Takumi, mazkur natijasi  bilan ELning bir o'yinida uchta gol urgan dastlabki yaponiyalik futbolchi sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Minamino 2010 yil Toshkentda o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida ishtirok etgan va hamyurtimiz Timur Hakimov bilan birga musobaqa to'purari bo'lgan edi(5 gol).



O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter.com/Gracenote