"Liverpul" Minaminoni sotmoqda

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2022
Yarim himoyachi Takumi Minamino "Liverpul"ni tark etadi.

"Monako" klubi yaponiyalik futbolchi uchun 18 million evro to'lashga tayyor. 

Klublar 27 yoshli futbolchining transferi borasida o'zaro kelishuvga erishdilar. "Liverpul" kafolatlangan 15 million evroni oladi, yana 3 million esa bonus sifatida to'lab beriladi. 

Minamino 2020 yilning yanvaridan buyon "Liverpul"da o'ynaydi. Umumiy hisobda u "qizillar" safida 55 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Athletic